O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDH ishtirokchi-davlatlari tashqi ishlar vazirliklarining yuridik xizmatlari rahbarlari Maslahatlashuv qo‘mitasining 3-majlisi bo‘lib o‘tdi
2021-05-07 | MDH
Belarus raisligida MDH ishtirokchi-davlatlari tashqi ishlar vazirliklarining yuridik xizmatlari rahbarlari Maslahatlashuv qo‘mitasining videokonferensiya shaklidagi 30-majlisi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonning Maslahatlashuv qo‘mitasidagi aʼzolari, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda tomonlar MDH doirasidagi huquqiy hamkorlikning umumiy masalalari bo‘yicha fikr almashdi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida tuziladigan xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar loyihasi kelishib olindi.
Rossiya Federatsiyasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlariga yuboriladigan delegatsiyalarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi Konvensiyani ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh faoliyatining natijalari to‘g‘risidagi maʼlumoti eshitildi.
Muhokama etilgan masalalar bo‘yicha tegishli bayonnoma qabul qilindi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi