O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fransiya Muvaqqat ishlar vakili bilan uchrashuv

2021-05-07 | Siyosat

2021-yilning 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fransiya Respublikasining Muvaqqat ishlar vakili  Bris Rokfeyni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Fransiya kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki mamlakat tashqi ishlar idoralari rahbarlarining 3-may kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbatlarining samarali natijalarini qayd etdilar, avvalgi erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar.

Bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar, jumladan, 2021-yilning 10-11-may kunlari bo‘lib o‘tadigan Fransiya Yevropa va tashqi ishlar vazirligining tashqi savdo va iqtisodiy jozibadorlik bo‘yicha vazir-delegatining tashrifiga doir tashkiliy masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlarni qiziqtirgan ayrim masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться