O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot kotibi: Davlatimiz rahbari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha videoselektor va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi

2021-05-03 | Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari - Matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun o‘tkazgan brifingda davlatimiz rahbari ishtirokida joriy haftada belgilangan tadbirlar haqida maʼlumot berdi.

Jumladan, boshlanayotgan haftada korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda davlat organlari, hokimlarning hisobotlari eshitiladi.

«Oxirgi vaqtlarda kuzatilayotgan voqealarni, fosh bo‘layotgan korrupsion holatlarni eshityapsizlar, - dedi Sherzod Asadov. - Bu haqda avvalgi selektorlarda ham aytildi. «Andisha qilish davri tugadi. Hamma birdek – qonun ustuvor, jazo muqarrar», dedi Prezidentimiz.

Bu masala doimiy nazoratda va yaqin orada alohida selektor tashkil etilayotgani korrupsiyaga qarshi kurashish murosasiz tus olayotganini bildiradi”.

“Shuningdek, chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish, Tokio Olimpiadasiga sportchilarimizni tayyorlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar bo‘lishi kutilmoqda. Qishloq xo‘jaligi texnikasi korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha taqdimot o‘tkazilishi ham mo‘ljallangan», - deb taʼkidladi davlatimiz rahbarining Matbuot kotibi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться