O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxondaryo viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasida yangi tayinlov yuz berdi

2021-05-06 | Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

Viloyat hokimining axborot xizmatidan xabar qilishlaricha, Xidirova Zulxumor Abdirashidovna Surxondaryo viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

U shu paytgacha ushbu lavozimda faoliyat yuritgan va “Yuksalish” umummilliy harakatining viloyat hududiy bo‘linmasiga rahbar etib tayinlangan Mavluda Qobulova o‘rnini egalladi.

Z. Xidirova 1968-yil Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1992-yil Termiz davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — filolog, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi.

Ish faoliyati davomida 1985-1986 yillarda Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Yulduzcha” bolalar bog‘chasi tarbiyachisi, 1992-2006-yillarda tumandagi 7-umumta’lim maktabi, 2006-2015-yillarda 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi, 2015-2017-yillarda 1-umumta’lim maktabi direktori o‘rinbosari, 2017-2020-yillarda tuman hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan.

2020-yildan Qumqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.

Manba: O'zA

Поделиться