O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Yangi boqqa asos solindi

01.05.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida barpo etilayotgan bog‘ hududiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat barqarorlashganini mamnuniyat bilan qayd etdilar

01.05.2021SiyosatManba: O'zA

1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov telefon orqali muloqot qildilar.

O‘zbekiston delegatsiyasining Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtiroki to‘g‘risida

01.05.2021Siyosat

2021-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov boshchiligidagi delegatsiya Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Prezidenti YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktorini qabul qildi

30.04.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda bo‘lib turgan YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Matteo Mekachchi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Senat Raisining birinchi o‘rinbosari YeXHT DIIHB direktori bilan uchrashdi

30.04.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev kecha Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori (YeXHT DIIHB) Matteo Mekachchi boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari dolzarb mintaqaviy va ikki tomonlama masalalarni muhokama qildilar

30.04.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari muloqotni mustahkamlash yo‘llarini ko‘rib chiqdilar

30.04.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Bugun, 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida sayyor qabul o’tkazildi

30.04.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

O‘zbekiston elchisi Saudiya Arabistoni Savdo-sanoat palatalari kengashi raisi bilan savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

30.04.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistoni Savdo-sanoat palatalari kengashi raisi Ajlan Al-Ajlan bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Azaliy qardoshlik va yelkadoshlik ifodasi

30.04.2021SiyosatManba: «Yangi O"zbekiston»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov “Turkmanboshi ruhi” majmuasiga tashrif buyurdi.

Sirdaryo viloyat hokimi Koreya-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashdi

30.04.2021SiyosatManba: «Yangi O"zbekiston»

Viloyat rahbari G‘ofurjon Mirzaev viloyat hokimligi «Qabullar uyi»da Janubiy Koreya - O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi (KUBA) raisining birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdilar

29.04.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Ashxobod shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

AKT vaziri Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashdi

29.04.2021TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bugun 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Vazir Sh. Sodiqov Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi  Olgan Bekar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. 

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi boshlandi

29.04.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi.

Prezident Turkmanistonga jo‘nab ketdi

29.04.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni amaliy tashrif bilan Ashxobodga jo‘nab ketdi. Davlat rahbarlarining uchrashuvida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Ashxoboddagi “Turkmanboshi ruhi” majmuasida xotira tadbiri bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston va XXR yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

29.04.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Bugun, 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

29.04.2021SiyosatManba: O'zA

Bugun, 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi bo‘lib o‘tadi.

Tartibga solish tasirini baholash sohasida tajriba almashish

29.04.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Adliya vazirligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Iqtisodiy rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda “Tartibga solish ta'sirini baholash instituti rivojlanishi bo‘yicha tajriba almashish” mavzusida vebinar tashkil etilmoqda. Vebinarda Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlari ishtirok etishi kutilmoqda. Vaqti: 2021-yil 29-aprel, 12:00

Yer kodeksining yangi tahrirda ishlab chiqilgan loyihasi Qonunchilik palatasi muhokamasida

29.04.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yer kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish yakunlari”ga bag‘ishlangan tadbir videokonferens aloqa shaklida o‘tkazildi. Tadbir Qonunchilik palatasining Spikeri N.Ismoilov raisligida Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi azolari, Qishloq xo‘jaligi va Adliya vazirliklarining masul xodimlari hamda Kadastr agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazildi.

N.Ismoilov: Xalqaro parlament konferensiyasi parlamentlararo munosabatlarni yanada mustahkamlash imkonini yaratadi

29.04.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov Turkmanistonning Ashxabod shahrida «Xalqaro tinchlik va ishonchni mustahkamlashda parlamentlarning tutgan o‘rni» mavzuidagi xalqaro parlament konferensiyasida ishtirok etdi.