O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov «Dunyo» AA jamoasini tabrikladi

2021-05-04 | Siyosat

2021-yilning 4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Dunyo” axborot agentligi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida Vazir agentlik jamoasini jurnalistika sohasidagi XV “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning Gran-pri mukofotini qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi.

 

Qayd etilganidek, bunday yuksak mukofot bilan “Dunyo” AAning taqdirlanishi, eng avvalo, Agentlik tomonidan keng jamoatchilikni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, respublikamiz ichki va tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, mamlakatning turli sohalardagi yutuqlari to‘g‘risida xabardor qilishdagi faoliyatiga berilgan yuqori bahodan dalolat beradi.

Vazir Agentlik jamoasiga yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilab, “Dunyo” AA faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan aniq vazifalarni belgilab berdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться