O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Energetika sohasida O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni hamkorligini yanada mustahkamlash istiqbollari belgilab olindi

2021-05-04 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 3-may kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Ar-Riyod shahrida bo‘lib turishi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Saudiya Arabistoni Podshohligi energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon al-Saud bilan investitsiyaviy hamkorlik masalalarini va joriy yilning yanvar oyida Saudiya Arabistoni hukumati va ishbilarmon doiralari delegasiyasi tashrifi chog‘ida energetika sohasida erishilgan kelishuvlar amalga oshirilishini muhokama qildi.

Takidlandiki, Saudiya Arabistoni delegasiyasining O‘zbekistonga tashrifi ikki tomonlama iqtisodiy sheriklikni rivojlantirishga turtki berib, qator sohalarda hamkorlikni yanada samarali yo‘lga qo‘yishga zamin yaratdi. Shu bilan birga, tomonlar energetika va kimyo sanoatining muhim investitsiya salohiyatiga ega ekanligini va umuman iqtisodiyotni rivojlantirishga sezilarli rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadigan tarmoqlar sifatida ustuvorligini o‘zaro ta'kidladilar.
 
Saudiya Arabistoni tomoni “ACWA Power”, “Sabic Corporation” va “Saudi Aramco” kabi Saudiya Arabistoni kompaniyalarining O‘zbekiston energetika va kimyo sanoatiga investitsiyalarni kiritishga qiziqishi Buxoro shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni biznes-forumi va O‘zbekiston – Saudiya Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha sezilarli darajada oshganligini takidladi. Xususan, neft' kimyosi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish va kimyo sanoati rivojlanishi uchun yuqori talabga bo‘lgan uglevodorodlarni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
 
Ushbu sohalarda yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha keyingi amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, yaqin kelajakda “B2G” va “B2B” formatlarida ikki tomonlama muzokaralarni, qo‘shma biznes-forumlar va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
Muqobil energetika sohasidagi hamkorlikka alohida e'tibor qaratildi. Tomonlar Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi O‘zbekiston bozoridagi faoliyatida sezilarli yutuqlarga erishayotganini ta'kidladilar. Bundan tashqari, vodorod va qayta tiklanadigan energiya sohasida qo‘shma tadqiqotlar tashkil etish hamda bu yo‘nalishda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va issiqxona gazlari chiqarilishini qisqartirish bo‘yicha belgilangan maqsadlarga erishishda O‘zbekistonga amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorlik bildirildi.
 
Muzokaralar yakunida munosabatlarning muhokama etilgan barcha yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться