O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Siyosat
Inson manfaatlarini ta’minlash – asosiy maqsadimiz 30.03.2017SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-mart kuni videoselektor majlis bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash, kommunal, sog‘liqni saqlash sohalari, ichki ishlar tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi. |
O‘zbekiston Prezidenti «Gazprom» kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi 29.03.2017SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksey Millerni qabul qildi. |
29.03.2017SiyosatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Sоg`liqni sаqlаsh vаzirligi Uchrashuvda tibbiyot sohasidagi ilm-fan va ta’lim masalalarida o‘zaro tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish lozimligi ta’kidlandi, shuningdek, tomonlar shifokorlik amaliyotiga telemeditsina texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashdilar. |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot 29.03.2017Siyosat2017 yil 29 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi. |
“MEDEF International”da uchrashuv 29.03.2017Siyosat2017-yilning 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida Parij shahrida “MEDEF International” Bosh direktori Filipp Gotye bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot 29.03.2017Siyosat2017-yil 28-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. |
Xalqimizning roziligi – barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbaidir 29.03.2017SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 28-mart kuni Navoiy viloyatida bo‘ldi. |
Gidrometallurgiya zavodi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi 28.03.2017SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy davlat konchilik institutiga tashrif buyurdi. Bu yerda Auminzo-Amantoy oltin konlari negizida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 5-gidrometallurgiya zavodi qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. |
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hisoboti muhokama etildi 28.03.2017SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati2017-yil 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining qo‘mitaning 2016-yildagi faoliyati haqidagi hisoboti dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. |
Qonun ijrosi ustidan monitoring 28.03.2017SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati2017 yil 27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qonunosti hujjatlari qabul qilinishi ustidan o‘tkazilgan monitoring natijalari muhokama etildi. |
28.03.2017Siyosat Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qiziltepa tumanidagi “Vang‘ozi agro” fermer xo‘jaligi shiyponida bo‘lib, viloyatda qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar bilan tanishdi. Ming bosh qoramol va ming bosh echki boqishga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi hamda sutni qayta ishlash zavodi tashkil etish loyihasini ham ko‘zdan kechirdi. |
Bojxona kodeksi ijrosi monitoringi 28.03.2017SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati2017 yil 27 mart kuni Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qonunosti hujjatlari qabul qilinishi ustidan o‘tkazilgan monitoring natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. |
Yangi uylarning fayzi o‘zgacha 28.03.2017SiyosatPrezidentimiz Karmana tumanidagi Mustaqillik massivida barpo etilayotgan qulay, arzon va zamonaviy uy-joylar, profilaktika inspektorlari uchun yashash joyi, davlat idoralari rahbarlari uchun qurilgan xizmat uylari bilan tanishdi. |
Shavkat Mirziyoyev: tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish – davr talabi 28.03.2017SiyosatPrezidentimiz Qiziltepa tumanidagi Toshrabot mahallasiga tashrif buyurib, viloyatda yengil sanoatni rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar bilan tanishdi. |
28.03.2017Siyosat Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Navoiy issiqlik elektr stansiyasini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi. |
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga keldi 28.03.2017SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 28-mart kuni Navoiy viloyatiga keldi. |
O‘zbekiston va Polsha Prezidentlari bir-birlarini qutladilar 27.03.2017SiyosatO‘zbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan Polsha Prezidenti Anjey Duda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘llagan. |
25.03.2017Siyosat Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi Yangi shahar va Bog‘ishamol ko‘chalarini tutashtiruvchi yangi ko‘prik bilan tanishdi. |
25.03.2017Siyosat Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanidagi Uvaysiy nomidagi mahallada bo‘lib, bu yerda fuqarolar yig‘ini xodimlari, profilaktika inspektori va aholi uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishdi. |
Davlatimiz rahbari iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi 25.03.2017SiyosatPrezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi Toshkent motor zavodiga tashrif buyurdi. |