O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“MEDEF International”da uchrashuv

2017-03-29 | Siyosat

2017-yilning 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida Parij shahrida “MEDEF International” Bosh direktori Filipp Gotye bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“MEDEF International” hozirgi kunda 750 mingdan ziyod fransuz kompaniya va firmalarini birlashtirib turgan Fransuz korxonalari harakati “MEDEF”ning xalqaro bo‘linmasi hisoblanadi.

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda O‘zbekiston-Fransiya hamkorligini yanada mustahkamlash istiqbollari borasida fikr almashildi.

Muzokaralar davomida Fransiya tadbirkorlarining O‘zbekistondagi sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirishiga, jumladan O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan keng miqyosli 2017-2021-yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda o‘zaro manfaatli asosda ishtirok etishiga qiziqish bildirildi. Shu mazmunda uchrashuvda “MEDEF International” yetakchiligida Fransiya biznes doiralari nufuzli delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish hamda Toshkent shahrida qo‘shma biznes-forum o‘tkazish masalalarining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Поделиться