O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi

21.04.2017ShHTManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2017-yilning 20-21-aprel kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Parij bitimini imzoladi

21.04.2017Siyosat

2017-yil 19-aprel kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida Parij bitimini O‘zbekiston tomonidan rasmiy imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bitim 2015-yil 12-dekabr kuni BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli konvensiyasi tomonlarining 21-konferensiyasi doirasida qabul qilingan.

Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

21.04.2017Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘mon TIV Bosh kotibi bilan uchrashuv va ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarga doir

20.04.2017Siyosat

2017-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonga ikki tomonlama muzokaralarda ishtirok etish uchun kelgan O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi Badr bin Hamad al-Busaidiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

ShHT MKK yig‘ilishi

20.04.2017ShHT

2017-yilning 17-19-aprel kunlari Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordonatorlari kengashining (MKK) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mahalliylashtirish va eksport masalalari muhokama qilindi

20.04.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 19-aprel kuni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hisobidan import hajmi va turlarini maqbullashtirish, shuningdek, eksport prognoz ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishi va eksport hajmini yanada ko‘paytirish maqsadida mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish uchun barcha darajadagi rahbarlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Turkiya Prezidentiga maktub

19.04.2017Siyosat

2017-yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajep Tayyip Erdog‘anni 16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi.

 

O‘zbekiston Prezidenti hamdardlik bildirdi

19.04.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga mazkur mamlakatning bir qator hududlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va bedarak yo‘qolgani munosabati bilan hamdardlik maktubi yo‘lladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot

18.04.2017Siyosat

2017-yil 18-aprelda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 14-yanvarida respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan 2017-yilgi iqtisodiy dasturning ustuvor vazifalari bajarilishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. 

AQSH elchisi bilan uchrashuv

18.04.2017SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2017-yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasining SHHT TIVK yig‘ilishidagi ishtirokiga doir

18.04.2017SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Yig‘ilish 2017-yilning 20-21-aprel kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadi.

Markaziy saylov komissiyasining majlisi

18.04.2017SiyosatManba: Markaziy saylov komissiyasi

2017-yil 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.

O‘zbekistonga O‘mon TIV delegatsiyasining tashrifiga doir

18.04.2017Siyosat

2017-yilning 19-aprel kuni O‘zbekistonga O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi Badr bin Hamad al-Busaidiy boshchiligidagi delegatsiya keladi.

Odamlar turmush farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan istiqbolli loyihalar

17.04.2017Siyosat

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 14-15-aprel kunlari Samarqand viloyatida bo‘ldi. 

Shavkat Mirziyoyev: oilaning maishiy texnika bilan ta’minlangani uning turmush darajasining ko‘zgusidir

15.04.2017Siyosat

Prezidentimizga Samarqand shahrining Dahbed ko‘chasidan Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasiga olib boruvchi Nurafshon ko‘chasini obodonlashtirish loyihasi haqida ma’lumot berildi.  

Odamlar turmush farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan istiqbolli loyihalar

15.04.2017SiyosatManba: O'zA

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi “Alpomish” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi. Ushbu mas’uliyati cheklangan jamiyatning bo‘sh yotgan binolarini ko‘zdan kechirdi.

Xalq qabulxonalariga xalqning ishonchi ortmoqda

15.04.2017SiyosatManba: O'zA

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib ko‘rdi. Fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Samarqandda tramvay qatnay boshladi

15.04.2017SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yilning 5-oktabr kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurganida Samarqand shahrida transport tizimini yanada yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratgan edi. Aholiga qulaylik yaratish hamda shahar atrof-muhiti musaffoligini ta’minlash borasida zamonaviy tramvay liniyalarini barpo etish zarurligi ta’kidlagandi.