O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlatimiz rahbari iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi

2017-03-25 | Siyosat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi Toshkent motor zavodiga tashrif buyurdi.  

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda ishbilarmonlik harakatini jadal rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. 

Toshkent shahrining Yunusobod, Sergeli va Yakkasaroy tumanlarida 3 texnopark tashkil etilgan bo‘lib, ular mavjud bino va quvvatlardan samarali foydalanish, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda.  

Bektemir tumanidagi Toshkent motor zavodining umumiy yer maydoni  5 gektar, bino va inshootlar maydoni 3 gektar. Hozir foydalanilmayotgan ushbu hududda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun yaxshi imkoniyat, zarur infratuzilma bor. 

Prezidentimiz ko‘rsatmasiga muvofiq zavod binolari korxona va tadbirkorlarga imtiyozli tarzda ijaraga berilmoqda. To‘lovlar boshqa joylardagiga nisbatan bir necha barobar arzonlashtirilgan. Bunday imtiyozlar tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. 

Davlatimiz rahbari zavod binolarini ishbilarmon va tadbirkorlarga bo‘lib berish, ularda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Korxonalarga qulaylik yaratish maqsadida bu yerda "yagona darcha" markazi, minibanklar va boshqa xizmatlar tashkil etiladi. Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va  xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashadi. 

Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi. 

Prezidentimizning “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan har bir tumanda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ular asosida kam ta’minlangan oilalarni tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqilgan. 

Oilalarga kirib borish, odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirish lozim. Odamlarning daromadi ko‘paysa, to‘lov qobiliyati ham yuqori bo‘ladi, mahalliy byudjetlarga pul mablag‘i ko‘proq tushadi. Hokimliklarda turli ijtimoiy obyektlar qurish imkoniyati kengayadi, yurtimizga yanada ko‘proq baraka kiradi, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Shu yerning o‘zida Toshkent shahrida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalari va istirohat bog‘lari, tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan dori-darmonlar, qandolatchilik mahsulotlari, qurilish materiallari va mebel ishlab chiqarish, metallni qayta ishlash, tibbiyot va ko‘ngilochar maskanlar tashkil etish loyihalari ham namoyish etildi. 

Davlatimiz rahbari ushbu loyihalar bilan tanishib, ularning har biri haqida mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. 

 
Anvar Samadov, O‘zA 

Поделиться