O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezidentimiz Navoiy IES ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi qurilishi boshlanishi munosabati bilan kapsula qo‘ydi

2017-03-28 | Siyosat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Navoiy issiqlik elektr stansiyasini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi. 

Quvvati 450 MVt bo‘lgan ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati va hududdagi qishloq xo‘jaligi iste’molchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash imkonini beradi. 

Loyihani amalga oshirish natijasida 1 kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun shartli yoqilg‘ining sarfi kamayishi hisobidan bir yilda o‘rtacha 330 million kub metr tabiiy gaz tejaladi. 

Bugungi kunda viloyatda amalga oshirilayotgan yirik iqtisodiy loyihalar ko‘lamini kengaytirishda elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi, dedi davlatimiz rahbari. 

Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation and MHPS” konsorsiumi va Navoiy issiqlik elektr stansiyasi o‘rtasida 2016-yil oktabr oyida mazkur loyihani amalga oshirishga doir shartnoma imzolangan edi. Hozirgi kunda “Mitsubishi Corporation and MHPS” konsorsiumi qurilish maydonida mobilizatsiya va yer ishlarini olib bormoqda. 

Bu yerda 112 ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. 

 
Prezidentimiz Navoiy issiqlik elektr stansiyasining ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi qurilishi boshlanishi munosabati bilan kapsula qo‘ydi.
 
Abu Bakir O‘rozov, Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA 

Поделиться