O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Prezidenti «Gazprom» kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi
2017-03-29 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksey Millerni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasida neft-gaz sohasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik yuksak darajada rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Bugungi kunda dunyodagi yetakchi energetika kompaniyalaridan biri bo‘lgan «Gazprom» O‘zbekistonda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, tabiiy gazni eksportga yetkazib berishda faol ishtirok etmoqda.
Rossiyaning ushbu kompaniyasi bilan hamkorlikda Ustyurtda o‘tkazilgan keng ko‘lamli geologiya-qidiruv tadqiqotlari natijasida "Jel" gaz kondensati koni ochildi. "Shaxpaxti" koni birgalikda o‘zlashtirilmoqda. Hozirgacha u yerdan 3,5 milliard kub metr gaz qazib olingan.
Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA