2017 yilning 22 fevralida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi Edgars Bondars bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar axborot texnologiyalari bo‘yicha O‘zbekiston va Latviya davlatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniya va muassasalar ishtirokida tadbirlar tashkil etish yuzasidan qiziqish bildirdilar.
Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni Latviya IT-kompaniyalarini 2017 yilning sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan AKT haftaligiga ishtirokini tashkil etish bo‘yicha taklif kiritdi.