O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dasturlash bo‘yicha talabalar olimpiadasi

2017-03-01 | Texnologiyalar

25-26 fevral kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida dasturlash bo‘yicha TATU universiteti va uning hududiy bo‘linmalari, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari o‘rtasidagi olimpiadaning final bosqichi o‘tkazildi.

Talabalarning dasturlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, mazkur turdagi intellektual musobaqalar muntazam o‘tkaziladi. Jumladan, haftaning har juma kuni TATUda onlayn rejimdagi bellashuv tashkil qilinadi.
 
Ushbu turnir 2 bosqichda o‘tkazildi. 2017 yilning 11 fevralida onlayn shaklda bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida TATU, uning hududiy bo‘linmalari, Toshkent shahridagi Inha universitetining talabalaridan iborat 150 jamoa ishtirok etgan.
 
26 fevralda musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Natijalarga ko‘ra, turnirning mutloq g‘olibligi TATUning Urganch filiali nomidan qatnashgan «TUIT Urgench Branch #1» jamoasiga, ikkinchi o‘rin TATUning «Tashkent U of IT 1» hamda 3-o‘rin TATUning Urganch filialining «TUIT Urgench Branch #2» jamoalariga nasib etdi.
 
Dasturlash bo‘yicha olimpiada g‘oliblariga pul mukofotlari topshirildi. Taqdirlashda qayd etilganidek, bu turdagi tanlovlarni mamlakatimizning barcha oliy o‘quv yurtlarida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
 
Batafsil, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining acm.tuit.uz saytida tanishing.

Поделиться