2017 yilning 17-19 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Aloqa sohasida hududiy hamdo‘stlik tashkilotiga a’zo mamlakatlardagi aloqa ma’murlari rahbarlari kengashining yig‘ilishi doirasida Belarusiya Respublikasining Minsk shahrida bo‘lib, Belarusiya Respublikasining Aloqa va axborotlashtirish vaziri Sergey Popkov, Rossiya Federatsiyasining Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Nikolay Nikiforov, Qozog‘iston Respublikasi Axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev hamda Qirg‘iziston Respublikasi Axborot texnologiyalari va aloqa bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbari Eshmambet Amatovlar bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga oid uchrashuvlarda ishtirok etdi.
Uchrashuvlar davomida tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirish mumkin bo‘lgan manfaatli hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Misnk shahrida Sherzod Shermatov hamda Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi tashkilotining bosh kotibi Xoulin Chjao o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi hamda Ittifoq o‘rtasidagi aloqalarning istiqboli muhokama qilindi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Belarusiya Respublikasining Yuqori texnologiyalar parkida bo‘lib, mahalliy bozorda yangi va yuqori texnologiyalar, jumladan dasturiy ta’minot hamda axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslari, jahon bozori talablariga mos mahsulotlar ishlab chiqarishda Belarusiya tajribasi bilan yaqindan tanishdilar.
Muzokaralar natijasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Belarusiya Respublikasining Yuqori texnologiyalar parki o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat asosida AKT-parklar faoliyatini tashkil qilish, shuningdek AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tajriba almashish kelishib olindi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda Belarusiyaning Yuqori texnologiyalar parkining Ta’limiy markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Universitet hamda Ta’limiy markaz o‘rtasida istiqbolda ta’lim sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish, AKT sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng doriy qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, shuningdek birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari uchun dasturiy ta’minot va axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish imzolangan hujjatda aks etgan muhim maqsadlar hisoblanadi.
Shuningdek, Wargaming kompyuter o‘yinlari ishlab chiqaruvchi kompaniya vakillari bilan o‘tgan uchrashuvda vatanparvarlik ruhidagi elektron o‘yinlarni yaratish bo‘yicha bitim imzolandi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Minsk shahridagi «Beltelekabel» kompaniyasida ham bo‘lib, muassasa faoliyati, xususan kabel-o‘tkazgich ishlab chiqarishning texnik parametrlari, uni xorijiy mamlakatlarga eksprot qilish jarayonlari bilan tanishib, Toshkent shahrida optik aloqa kabellari ishlab chiqarishga ixtisoslshagna qo‘shma korxona ochish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Shuningdek, delegatsiya Belarusiya Respublikasining «BeCloud» ma’lumotlarni qayta ishlash markazida bo‘lib, bunday markazlar faoliyatini baholaydigan UptimeInstitute institutining Tier III Facility sertifikatiga ega mamlakatdagi yagona ushbu markazda tashkil etilgan ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, yurtimiz delegatsiyasi Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan Telekommunikatsiya, axborot va bank texnologiyalari bo‘yicha 24-xalqaro ixtisoslashtirilgan «TIBO-2017» forumida ishtirok etib, yangi AKT-yechimlar, ishlab chiqarish uchun avtomatlashgan boshqaruv tizimlarining ilg‘or takliflari, robotexnik ishlanmalar hamda iste’molchilar bilan ishlashda yangi texnologiyalar bilan tanishadilar.
Uchrashuv chog‘ida hamkorlar 2017 yilning sentyabr oyida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga rasman taklif etildilar.