O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda anʼanaviy “Open Data Challenge 2018” tanlovi boʻlib oʻtmoqda
2018-12-03 | Texnologiyalar
2018-yilning 30-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda, ilovalar ishlab chiqish boʻyicha har yilgi “Open Data Challenge 2018” (Xakaton) tanlovining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Konkurs Oʻzbekiston Respublikasi Azborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi, YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi, BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi.
Yagona integrator “UZINFOCOM” masʼuliyati cheklangan jamiyati, “ICT News”, “INFOCOM.UZ” jurnallari Xakaton hamkorlari sifatida ishtirok etmoqdalar.
Open Data Challenge – bu dasturchilar jamoalari tezkorlik bilan ochiq maʼlumotlar asosida muayyan mahsulotlar ishlanmalarini yaratish boʻyicha musobaqalashadigan tanlovdir. Open Data Challenge tanlovining farqli jihati shundaki, jamoalar qatʼiy chegaralargan muddatlarda ish olib borishlari zarur: ikki sutka davomida abstakt (mavhum) gʻoyalar yangi veb vam obil servislarning prototiplari va alfa-talqinlariga aylanadilar. Izchil ravishda uch kun davomida olib borilgan ishlar natijasida “Open Data Challenge 2018” tanlovi ishtirokchilari hayotning turli sohalari uchun yangi ijtimoiy jihatdan manfaatli loyihalar tayyorlaydilar: moliya, transport, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya va boshqalar. Shu tariqa tadbirning moddiy natijalari oʻlaroq, mobil va veb-ilovalar, turli qurilmalar paydo boʻladi. Loyihalar ishlanmalaridan tashqari, “Open Data Challenge 2018” tanlovi doirasida dasturchilar uchun ochiq maʼlumotlar bilan ishlash boʻyicha mahorat maktablari va treninglar tashkil etiladi.
2018-yilning 1-2-dekabr kunlari ishtirokchilar treninglar va ustozlarning tavsiyalari asosida toʻplangan bilimlariga tayanib, ochiq maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda, yangi jamoatchilik uchun foydlali loyihalar ishlab chiqdilar.
Hakamlar hayʼati ishtirokchilarning ishlariga baho berib, uchta yoʻnalishda gʻoliblarni eʼlon qiladi:
Individual va jamoaviy gʻoliblar birinchi va ikkinchi nominatsiyalarda eʼlon qilinadi. Hakamlar hayʼati ishtirokchilar tomonidan “Hackathonning eng innovatsion loyihasi” nominatsiyasida taqdim etilgan eng innovatsion loyihani tanlaydi.
Hackathon gʻoliblarini tantanali mukofotlash marosimi 2018-yil 7-dekabrda boʻlib oʻtadi.