O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash orqali milliy iqtisodiyotni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi

2018-11-29 | Texnologiyalar

2018-yil 30-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, IT-texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari va ularning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrniga bagʻishlangan anjuman oʻtkazadi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi davlat organlari, tashkilotlari va korxonalari, operatorlar va provayderlar ishtirok etadilar.

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Internet tarmogʻiga chiqish narxlarini pasaytirish, shuningdek ulanish tezligini oshirish topshiriqlarini bajarish boʻyicha “Oʻzbektelekom” AKning hisoboti taqdim etiladi.

Anjuman aloqa va axborotlashtirish sohasidagi davlat organlari, tashkilotlari va korxonalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi operatorlari va provayderlari oʻrtasida AKT sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun platforma boʻlib xizmat qiladi, chunki barcha tomonlarning hamkorligisiz innovatsion rivojlanish haqida soʻzlash mumkin emas.

Поделиться