O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion texnologiyalar - muzeylar faoliyatida

2019-01-17 | Innovatsiya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Respublikamiz muzeylarida innovatsion texnologiyalardan foydalanib marketing va targʻibot ishlarini jadallashtirish borasida topshiriqlar berilgan. Bu borada “Ichan-Qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi “Qadim Xorazm tarixi” boʻlimida smart texnologiyalari, yaʼni audiogidlarning tizimi ishga tushirildi.

Kuni kecha tashkilotimiz tomonidan taklif qilingan - oʻzini innovatsion texnologiyalari bilan Oʻzbekistonda ilk bora “qoʻshilgan reallik” va “jonlantirilgan tasvir” texnologiyalarini joriy qilgan“SmartChange” firmasi vakillari Xiva “Ichan-Qalʼa” muzey qoʻriqxonasi rahbariyati bilan innovatsion texnologiyalarni muzey faoliyatiga tadbiq qilish borasida yangi rejalarni muhokama qilishdi.

Kelgusida vohani turizm salohiyatini oshirish va muzey faoliyatini smart texnologiyalar bilan toʻldirish borasida muzey rahbariyati bilan 6 ta yoʻnalishda dastur ishlashga kelishib olindi. Bular smart texnologiyalari qoʻllanib ishlanadigan virtual muzey, “jonli” muzey katalogi, tarixiy majmualar xaritasi, muzeylarni bukletlari, muzey koʻrgazma zallarini “jonlantirish” dasturlarini oʻz ichiga oladi. Bu dasturlarni amalga oshirilishidan kelgusida sayyohlarni muzeylarga qiziqishini ortishi va xizmatlar sifatini koʻtarilishiga olib kelishi kutilyapti.

Поделиться