O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“CTF.UZ” tanlovi natijalari eʼlon qilindi

2019-01-11 | Jamiyat

9-yanvar kuni “ZOʻR TV” tyelyekanali studiyasida axborot xavfsizligi sohasida “CTF.UZ” ochiq turdagi tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari B. Olmatov, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari S. Babaxodjayyev va “Oʻzbyektyelyekom” aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori N. Xasanovlar ishtirok etishdi.

2019-yilning 4-9-yanvar kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida axborot xavfsizligi sohasida “CTF.UZ” (Capture the Flag) ochiq turdagi tanlovning yarim final va final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Musobaqalarda sohaning oliy taʼlim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va litseylari talabalari, mehnat faoliyatida bogʻlgan yoshlar ishtirok etdilar.

“CTF.UZ” formatida murakkab hisoblar, kelajakdagi natijalarni prognozlash bilan bogʻliq mantiqiy masalalar kiritilgan. Shuningdek, tanlovning yarim final va final bosqichi doirasidamyentorlarning mahorat saboqlari oʻtkazildi.

Masalalar yechimi uchun maksimal ball toʻplagan uch nafar ishtirokchi musobaqa sovrin jamgʻarmasini oʻzaro boʻlishdilar. Galiyyev Dominik Damirovich 1-oʻrinni egallab, 15 million soʻm olishga muyassar boʻldi. Kayumov Anvar Bahodir oʻgʻli 2-oʻrinni egallab, 10 million soʻm olishga erishdi, Validov Marat Rashidovich 3-oʻrinni egallab, 5 million egasiga aylandi. Shuningdek, tanlov hamkorlari tomonidan gʻoliblarga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Tanlovning qolgan ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan ragʻbatlantiruvchi sovrin va diplomlar bilan taqdirlandi.

Tanlov axborot xavfsizligini taʼminlash borasidagi mavjud salohiyatini rivojlantirish istagida boʻlgan isteʼdodli yoshlarni aniqlash, qoʻllab-quvvatlash va ularni ragʻbatlantirishga qaratilgan.

Musobaqalar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. “Oʻzbyektyelyekom” aksiyadorlik kompaniyasi tanlovni tyexnik jihatdan qoʻllab-quvvatladi. “ZOʻR TV” tyelyekanali tadbirning axborot hamkori boʻldi.

Поделиться