O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

GDG-Tashkent DevFest birinchi dasturchilar xalqaro festivali boʻlib oʻtdi

2018-11-27 | Texnologiyalar

2018-yil 24-noyabrda Inha universitetida birinchi xalqaro GDG-Tashkent DevFest dasturchilar festivali boʻlib oʻtdi.

DevFest – bu Google kompaniyasi qoʻllab-quvvatlovi bilan Google Developers Group hamjamiyatlari tomonidan butun dunyo boʻylab oʻtkaziladigan global tadbir hisoblanadi. Uning doirasida dasturchilar, IT-mutaxassislar, IT-ixtisosligi boʻyicha talabalar hamda zamonaviy texnologiyalarga befarq boʻlmagan insonlar ishtirokida Google tomonidan taqdim etilayotgan eng soʻnggi texnologiyalar va ishlanmalar muhokama qilinadi.

Kun davomida 500 nafarga yaqin ishtirokchi axborot texnologiyalarining turli yoʻnalishlari boʻyicha maʼruzalar va mahorat maktablarida qatnashdi, shuningdek, ishlanmalar boʻyicha mutaxassislarning mahsulotlari bilan yaqindan tanishdi.

Universitetda, shuningdek, mahalliy va xorijiy IT-kompaniyalarining vakillari maʼruzalar bilan ishtirok etdilar. Ular IT-sohaning turli yoʻnalishlari boʻyicha oʻzlarining bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Festival ishtirokchilari – mahalliy va xorijiy mutaxassislar axborot texnologiyalari sohasidagi soʻnggi trendlarni muhokama qildilar. Ishtirokchilar blokcheyndan foydalanish, mobil ilovalar yaratish, biznesda VR/AR texnologiyalarni qoʻllash va boshqa turli masalalarni koʻrib chiqdilar.

Tadbir davomida Toshkentdagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Alisher Sadullayev hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladilar.

Поделиться