O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Murojaat, ijro, nazorat, natija

2017-12-25 | Iqtisodiyot

Bugun yurtimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan keng imtiyoz va qulayliklar samarasi natijasida ushbu soha vakillarining yurtimiz iqtisodiyotidagi ulushi yanada ortib bormoqda. Biroq, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, o‘z faoliyatini mavjud qonun talablari asosida rivojlantirish o‘rniga turli xil qonunbuzarlik yo‘llari bilan daromadini oshirishni ko‘zlovchi "tadbirkor"lar ham afsuski uchrab turadi.

Quyida davlat soliq organlari tomonidan joriy yilning 14 dekabridan 20 dekabriga qadar o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari bilan tanishtirib o‘tamiz.

"Ishonch telefon"lari eshitadi...

Davlat soliq xizmati organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan "Ishonch telefon"lariga bo‘layotgan murojaatlar o‘z vaqtida qabul qilinib, izchil o‘rganib, tahlil etib borilmoqda. Xususan, "Ishonch telefon"lari orqali o‘tgan hafta davomida 162 ta, shundan 9 ta yuridik va 153 ta jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Ushbu murojaatlarning barchasi ro‘yxatga olinib, belgilangan tartibda ijroga qaratilgan.

Huquqbuzarlik uchun jazo muqarrar

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida 3308 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.

O‘tkazilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida to‘g‘ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, peniyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 1016 nafar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi.

Amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 2292 nafar shaxsga nisbatan 510,7 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Shu jumladan:

- savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan 577 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasiga asosan 86,4 million so‘m, shundan:

a) xaridorga tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya) bermasdan sotish (xizmat ko‘rsatish) holatlari bo‘yicha 376 nafar shaxsga nisbatan 56,3 million so‘m;

b) nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibiga rioya etmaslik holatlari bo‘yicha 162 nafar shaxsga nisbatan 24,2 million so‘m;

v) to‘lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibiga rioya etmaslik holatlari bo‘yicha 29 nafar shaxsga nisbatan 4,3 million so‘m;

g) narxlarni asossiz ravishda oshirish holatlari bo‘yicha 10 nafar shaxsga nisbatan 1,5 million so‘m ma’muriy jarimalar;

- binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 49 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1591-moddasiga asosan 36,7 million so‘m;

- uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan 301 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 160-moddasi 2-qismiga asosan 45,1 million so‘m;

- daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyani soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 139 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi 3-qismiga asosan 20,8 million so‘m;

- noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan 239 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi 1-qismiga asosan 35,8 million so‘m;

- avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullangan 38 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1763-moddasiga asosan 28,4 million so‘m;

- soliq hisobotini soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 655 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismiga asosan 98,1 million so‘m;

- debitorlik qarzi muddatlari o‘tkazib yuborilgan korxonalarning 26 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 3-qismiga asosan 38,9 million so‘m;

- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 268 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismiga asosan 120,4 million so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Поделиться