O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2017 yilda «O‘zdonmahsulot» AK tizim korxonalarida iqtisodiy islohotlarning borishi va ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish prognoz ko’rsatkichlari

2018-01-04 | Iqtisodiyot

2017 yilning 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonlaridan iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida kompaniya va tarkibdagi korxonalar iqtisodiy o‘sishning yuqori sur'atlarini ta'minlash, yangi quvvatlarni ishga tushirish, mavjudlarini zamonaviy yangi texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish, tarmoqni diversifikatsiya qilish, import o‘rnini bosadigan hamda eksport qilishga yo‘naltirilgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish borasida keng qamrovli ishlarni tashkil etgan.

Hisobot davrida tarmoqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, moliyaviy ahvolni yaxshilash, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga to‘lovlarni amalga oshirishda ijobiy natijalarga erishildi.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagilarni tashkil etilishi kutilmoqda: 2017 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish  hajmi o‘sish sur'ati 106 foizni, xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarish o‘sish sur'ati 103,3 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarish natura ko‘rinishida o‘sish sur'ati: un ishlab chiqarish 106,8 foizni, omixta yem 100,3 foizni, non va non mahsulotlari 119,3 foizni va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish 114,7 foizni tashkil etdi.

2017 yilda jami 716 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda, bu esa rejaga nisbatan 119,1 foizni tashkil etаdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 25 dekabrdagi PQ-2697-sonli qaroriga asosan 2017 yilda jami qiymati 23mln. 300 ming dollarlik 16 ta loyihalar ishga tushirilishi belgilangan, amalda 23 mln. 810 ming dollarlik 21 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalardan 18 tasi joriy yakuniga qadar ishga to‘liq ishga tushiriladi. Bu esa o‘tgan yilga nisbatan mablag‘ o‘zlashtirilishi 117,3 foizga oshishi va 3 ta loyiha ko‘proq ishga tushirilishi ta'minlaydi.

Jumladan, joriy yilning 11 oyida 8 ta loyiha ya'ni 3 ta yangi urug‘lik saralash sexlari,  2 ta yangi non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish sexlari, 2 ta jami 20 ming tonnalik yopiq sig‘imlar va 1 ta yangi arpa yormasi (perlovka) ishlab chiqarish  sexi qurib ishga tushirildi.

 Shuningdek, hududiy dasturlarga muvofiq baliqchilik, parrandachilik va chorvachilik xo‘jaliklariga sifatli ozuqa yetkazib berish maqsadida 6 ta ekstrudirlangan va granulalangan omixta yem ishlab chiqarish sexlari ishga tushirildi. 

«Uchqo‘rg‘on don mahsulotlari»,  «Toshkentdonmahsulotlari»  va «Surxondaryodonmahsulotlari» korxonalarida urug‘lik sexlari ishga tushirildi.

«Taxiatosh don mahsulotlari» va «Oqoltin don mahsulotlari» korxonalarida non sexlari ishga tushirildi.

«Surxondaryodonmahsulotlari»  va «Xovos don mahsulotlari» korxonalarida yopiq sig'im ishga tushirildi.

«Jomboy don mahsulotlari» korxonasida arpa yormasi sexi ishga tushirildi.

«Oqoltin don mahsulotlari» korxonasida granulla yem sexi ishga tushirildi.

«Sho‘rchi don mahsulotlari» , «Dunyo-M»,  «Koson DMQQ» , «Uchqo‘rg‘on don mahsulotlari» va «Oxangaron don» korxonalarida ekstruderlangan yem sexlari ishga tushirildi.

"Qoraqalpoqdonmahsulotlari", «Dunyo-M», "Bekobod un zavodi", "Kattaqo‘rg‘on don" va "Qashqadaryodonmahsulotlari" korxonalarida tegirmon sexlari ishga tushiriladi.

"Toshkentdonmahsulotlari" korxonasida bug‘doy yormasi sexi ishga tushiriladi. "SHo‘rchi don mahsulotlari" korxonasida omixta yem sexi ishga tushiriladi.  

"Uchqo‘rg‘on don mahsulotlari" korxonasida qop sexi ishga tushiriladi. «Surxondaryodonmahsulotlari» korxonasida non sexi ishga tushiriladi. 

«Do‘stlik don mahsulotlari» korxonasida urug‘lik sexi ishga tushiriladi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi» asosida «O‘zdonmahsulot» kompaniyasi boshqaruv raisining virtual qabulxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarda ko‘rsatilgan muammolarni qisqa muddatlarda hal qilish bo‘yicha kompaniyaning markaziy apparatida ishchi guruh tashkil etilgan. Qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar ijrosi ijobiy hal qilinmoqda.

«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi va tarkibdagi korxonalar tomonidan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi»da belgilangan topshiriqlarning bajarilishini,  ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va samaradorligini oshirish, xom-ashyo resurslarini tejash, ortiqcha xarajatlarni qisqartirish ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish, mahsulotlar sifatini yanada yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy etish, mavjudlarini zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiyalash va aholini bandligini ta'minlash bo‘yicha ishlar tizimli davom ettiriladi hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi ta'minlanadi.

Поделиться