O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Don va donni qayta ishlash mahsulotlaridan oqilona foydalanish ustida 2017 yilda davlat nazorati

2018-01-05 | Iqtisodiyot

“O’zdavdoninspeksiya”ga yuklatilgan vazifa va funksiyalarga hamda 2017 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalaridan kelib chiqib “O`zdavdoninspeksiya”ning 2017 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturiga asosan 2017 yilning yakuni bo`yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.

2017 yilning 12 oylik yakuni bo`yicha “O’zdavdoninspeksiya” mutaxassislari tomonidan jami 5488 ming tonna don va don mahsulotlari davlat nazoratidan o`tkazildi.

2017 yilning g`alla tayyorlash mavsumiga don korxonalari va ularga qarashli don qabul qilish shahobchalarining moddiy-texnika bazasini tayyorgarligi bơyicha ơrganishlar ơtkazilishi boshlandi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bơyicha tegishli kơrsatmalar berilib, amaliy yordamlar kơrsatilgan.

2017 yil hosilini qabul qilish, inspeksiyaga yuklatilgan vazifalarni sơzsiz bajarilishini ta'minlash, bu borada viloyat inspeksiyalari mutaxassislarining bilim va kơnikmalarini oshirish maqsadida ơquv-seminar ơtkazilgan.

Adliya vazirligidan 2017 yil 6 mayda 2878-son bilan ro’yxatga olingan Nizomga asosan don korxonalarida 4890 ta namunalar olinib sinovlar o`tkazildi.

Moliya Vazirligi va Davlat Soliq Qo`mitasi bilan kelishilgan jadval asosida spirt sanoati korxonalaridagi donning kraxmallik darajasini aniqlash maqsadida namunalar olinib, tahlillar o`tkazildi va tegishli idoralarga taqdim etildi.

Don mahsulotlari sohasi bo`yicha taqdim qilingan 22 ta me’yoriy-texnik xujjat loyihasi  “O’zdavdoninspeksiya” mutaxassislari tomonidan ko’rib chiqildi va kelishuvlar amalga oshirildi. 

Hisobot davrida o’tkazilgan nazoratlarda aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo’yicha davlat don inspektorlari tomonidan berilgan ko’rsatmalarga asosan 255 nafar shaxsga nisbatan hayfsan e’lon qilindi, 18 nafar shaxsning oylik ish haqidan jarimalar ushlab qolindi.

2017 yilning yakuni bo`yicha “O’zdonmahsulot” AKga qarashli korxonalarda “Sifat kuni” tadbirlarini hududiy o’tkazilishi davom ettirildi va tadbirlar bayonlari olinib, sifat kuni tadbirlarini malakali o’tkazilishi yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi 612-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspekstiyasi to`g`risida”gi Nizomga muvofiq “O’zdonmahsulot” kompaniyasi tizimidagi 21 ta korxona rahbarlarining donning sifati, saqlanishi va oqilona foydalanilishi masalalari bo`yicha hisobotlari eshitilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi va ijrosi nazoratga olindi.

Tasdiqlangan grafikka asosan joriy yilning 12 oy davomida “O’zdonmahsulot” AK tizimidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent  shahri va viloyatlarda joylashgan don korxonalarida rahbar va mas’ul shaxslarning sohaviy bilimini oshirish va yuzaga keladigan qonunbuzulish holatlarini oldini olishga jalb etish hamda donning sifati, saqlanishi, oqilona foydalanish, g`alla mavsumining moddiy-texnika bazasi tayyorgarligi bo`yicha profilaktika va tushuntirish ishlari olib borildi.

Sohada faoliyat yuritayotgan sub’ektlar va gismoniy shahslar tomonidan qonun xujjatlari talablarini tushunmagan holda yo’l qo’yiladigan kamchiliklarni oldini olish va tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelgan muammoli masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan “O’zdavdoninspeksiya”ga 2017 yilning 12 oyida jami bo`lib 49 ta murojaatlar, jumladan 5 tasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulhonasi, 19 tasi Yagona portal orqali, 2 tasi inspeksiya elektron pochtasi orqali, 1 tasi inspeksiya boshlig’ining virtual qabulxonasi va 22 tasi yozma ravishda qabul qilinib, ko’tarilgan masalalar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi hamda amaliy yordamlar ko’rsatildi.

O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining xujjatlari va Hukumat qarorlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan tasdiqlangan
grafikka asosan “O’zdavdoninspekstiya”ning Qoraqalpog`iston Respublikasi, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududiy bo’linmalarida xujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli tanqidiy o’rganildi.

“O`zdavdoninspeksiya” va uning hududiy bo`linmalarida sertifikatlashtirish va metrologiya xizmatlari ko`rsatish bo`yicha 2017 yiln davomida 2051,2 mln. so`mlik xizmatlar ko`rsatildi.

Поделиться