O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2018-yilda ko‘p qavatli uylarning atrofini obodonlashtirish uchun 94,3 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi

2017-12-26 | Iqtisodiyot

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy veb-saytida xabar qilmoqda.

Mazkur mablag‘ning 47,1 milliard so‘mi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning mahalliy byudjeti hisobidan, qolgan qismi esa O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan qoplanadi. 

Ushbu mablag‘lar evaziga 2 ming 779 ta bolalar maydonchasini qurish va ta’mirlash (34,3 milliard so‘m), 126,8 ming pogona metr sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash (7,7 milliard so‘m), 754,3 ming kvadrat metr yo‘laklarga beton qoplash (44,3 milliard so‘m), 7,1 ming dona tashqi yoritgichlarni ta’mirlash va almashtirish (7,9 milliard so‘m) ishlari amalga oshiriladi. 

Bugungi kunda respublikamizda ko‘p qavatli uy-joylar soni 32,4 mingdan ortiq bo‘lib, ularga to‘rt mingdan ortig‘iga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda.

Поделиться