O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya tizimidagi vakant o‘rinlarga fidoyi yoshlar tavsiya qilindi

2018-01-06 | Iqtisodiyot

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratib, sohani nopok kadrlardan tozalash zarurligini ta’kidladi. 

Shu kunlarda Moliya vazirligida bu borada qator amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Jumladan, vazirlik va uning quyi bo‘g‘inlaridagi vakant ish o‘rinlariga yuksak ma’naviyatli, yangicha fikrlaydigan, bilimli, tashabbuskor, halol va fidoyi yoshlarni jalb qilish, yangi avlod kadrlari zaxirasini yaratish borasida aniq vazifalar belgilandi. 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mamlakatimizdagi iqtisodiyot yo‘nalishiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasalari bilan birgalikda moliya organlariga ishga qabul qilish uchun faol yoshlar va talabalardan nomzodlar zaxirasini yaratish borasida ishlarni boshlab yubordi. Yoshlar ittifoqining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda berilgan e’lonlar asosida moliya organlarida ishlash istagini bildirgan 3 ming 100 dan ziyod yigit-qiz orasidan 490 nafari saralanib, Moliya vazirligiga tavsiya etildi. Shuningdek, vazirlikning Yoshlar yetakchilari kengashiga ham sohada ishlashni maqsad qilgan 90 dan ortiq yoshning hujjatlari kelib tushgan. 

Ayni kunlarda Moliya vazirligi tizimidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini zamonaviy ko‘nikmalar, innovatsion g‘oyalarga ega bo‘lgan, Vatanni sevadigan, xalqparvar kadrlar, fidoyi yosh mutaxassislar bilan to‘ldirish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Vazirlik mutasaddilari Prezidentimizning Murojaatnomasida bildirilgan tanqidiy fikrlar asosida o‘z faoliyatlarini tahlil qilib, qaytadan ko‘rib chiqmoqda. 

 

Abdujalol Taypatov, O‘zA

Поделиться