O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

2018 yilning iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi

02.07.2018Iqtisodiyot

2018 yil iyun oyida birinchi marta joriy yilning so‘nggi davrida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari umumiy darajasida pasayish kuzatilgan bo‘lib, iste’mol sektoridagi deflyatsiya darajasi oy davomida 0,4 %ni tashkil etdi.

37 milliard so‘mlik va 7 million dollarlik noqonuniy va samarasiz xarajatlar aniqlandi

29.06.2018Iqtisodiyot

Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisidaO‘zbekiston Respublikasi Hisob platasining 2017 yildagifaoliyatigi oid hisoboti ko‘rib chiqildi. 

Aprel oyida “O‘zmetkombinat” AJ 94,5 ming tonna miqdorida qora metallar prokatini ishlab chiqardi va rekord natijasiga erishdi

26.06.2018Iqtisodiyot

2018 yil aprel oyida tarixda birinchi marta 94,5 ming tonna miqdorida qora metallar prokati mahsulotini, shu jumladan 27,7 ming tonna po‘lat soqqalar ishlab chiqarish bo‘yicha rekord ko‘rsatkich o‘rnatildi.

Davlat xaridlari mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi anjuman tashkil etildi

27.06.2018Iqtisodiyot

Joriy yil 20 iyun kuni Milliy matbuot markazida “Davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali – elektron tijoratning yangi birja modeli” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ tomonidan tashkil etildi. Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad birjaning maxsus axborot portalida ilk amalga oshirilgan davlat xaridlarining dastlabki natijalari bilan tanishtirish iborat bo‘ldi.

O‘zbekistonda valyuta siyosatini liberallashtirish: natija va istiqbollar

26.06.2018Jamiyat

2018 yil 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan Bank-moliya akademiyasi binosida “Valyuta siyosatini liberallashtirishning O‘zbekiston iqtisodiyoti va aholi turmush tarziga ta’siri: yutuqlar va muammolar” mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki axboroti

25.06.2018Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 26 iyundan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi:

Osiyo taraqqiyot banki va “O‘zbekenergo”AJ o‘rtasida jami 1 milliard 70ming dollarlik investitsiyalar rejalashtirilmoqda

25.06.2018Iqtisodiyot

Ayni vaqtda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Elektr energetika sohasidagi islohotlar va uning istiqbollari – orttirilgan tajriba, xulosalar va rad etilgan afsonalar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada “O‘zbekenergo” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov bu haqda ma’lum qildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining bir yillik faoliyati natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

25.06.2018Iqtisodiyot

Joriy yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlanganligi aynan faol tadbirkorlarni, ya’ni raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratib, nafaqat o‘zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining ustuvor vazifasi etib belgilandi.

Hafta davomida: Mamlakatimiz biznes olamidagi voqealar rivoji

25.06.2018Iqtisodiyot

YIning “O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun boshqaruv kadrlarni tayyorlash” loyihasi yakuniga yetdi

“Fuqarolar uchun byudjet – 2018”

22.06.2018Iqtisodiyot

“Poytaxt” biznes markazida “Fuqarolar uchun byudjet – 2018” nashri loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning Xalqaro moliyaviy korporatsiyaning Georgiy Petrov boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvi

21.06.2018Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning Xalqaro moliyaviy korporatsiyaning (XMK) Georgiy Petrov boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari tomonidan konsultativ xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Jizzaxda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari jahon bozoriga chiqariladi

21.06.2018Iqtisodiyot

O‘z tarkibida ko‘plab korxonalarni jamlagan “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Xususan, bunda raqobatdosh, eksportga yo‘naltirilgan qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi turdagi sifatli qurilish materiallariga bo‘lgan ichki ehtiyojni qondirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu talablar esa mahalliy va xorijiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga keng imkoniyatlar eshigini ochayotir.