O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning Xalqaro moliyaviy korporatsiyaning Georgiy Petrov boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvi
2018-06-21 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning Xalqaro moliyaviy korporatsiyaning (XMK) Georgiy Petrov boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari tomonidan konsultativ xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida gemodializ xizmatlari uchun investitsiyalarni jalb etish sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. XMK tomonidan sog‘liqni — saqlash sektoriga davlat-xususiy sherikchilik (DXSH) modelini qo‘llagan holda ekspert va xususiy investitsiyalarni jalb etish, shu asnoda xususiy sektor qatnashchisini moliyalashtirish uchun belgilash, aholiga gemodializ xizmatini tashkil etish, boshqarish hamda ko‘rsatilishi rejalashtirilmoqda.
Xalqaro moliyaviy korporatsiya, Jahon bankining Guruhi tarkibida hisoblanib, o‘zining asosiy faoliyatini rivojlanayotgan iqtisodiyotli mamlakatlarning xususiy sektoriga qaratadigan global rivojlanish instituti bo‘lib, O‘zbekistonda o‘z faoliyatini 1993 yildan buyon amalga oshirib kelmoqda.