O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hafta davomida: Mamlakatimiz biznes olamidagi voqealar rivoji

2018-06-25 | Iqtisodiyot

YIning “O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun boshqaruv kadrlarni tayyorlash” loyihasi yakuniga yetdi

Shu munosabat bilan “Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasida 18 iyun kuni loyiha yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida loyiha doirasidagi ishlar muvaffaqiyatli amalga oshirilgani qayd etildi.
 
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida YI tomonidan “Menejment bo‘yicha ta’lim” loyihasi ishlab chiqilgan edi. 2013 yildan amaliyotga joriy etilgan mazkur loyiha ikki yo‘nalishda ish olib bordi.
 
Birinchi yo‘nalish YI tomonidan 3,5 million yevro miqdorida moliyalashtirildi. Buning natijasida bir qator korxonalarida O‘zbekiston kichik biznes subyektlarining 162 nafar boshqaruvchilari yakka va guruh shaklidagi amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘ldi. Ikkinchi yo‘nalish “Mahorat darslari”dan iborat bo‘ldi. “Mahorat darslari”da 15 nafar mutaxassis ishtirok etdi. Bu, o‘z navbatida, 300 ga yaqin Savdo-sanoat palatasi, mamlakatimizning turli hududlaridagi 1303 mahalliy biznes vakillari, shuningdek 96 nafar yoshning ish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkonini berdi, deyiladi hisobotda.
 
O‘zbekistonlik tadbirkorlar malaka oshirish uchun Germaniyaga yo‘l oldi
 
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida 20 nafar tadbirkor Germaniyada o‘tkaziladigan “Fit for partnership with Germany”, GIZ malaka oshirish loyihasida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.
 
Germaniyaning Iqtisodiyot va energetika federal vazirligi tashkillashtirayotgan dastur doirasida Sharqiy Yevropa, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari korxona va tashkilotlari rahbarlarining germaniyalik kompaniyalar bilan aloqa o‘rnatishlari, o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishlariga imkon beradigan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
 
Bishkekda “Halol” me’yorli sanoatga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
 
Bishkekda 20-21 iyun kunlari Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi va “Halol” standartiga muvofiq akkreditatsiya qilish bo‘yicha xalqaro forum kotibiyati bilan hamkorlikda “Ishonch va xalqaro halol savdosini yo‘lga qo‘yish” mavzuiga bag‘ishlangan seminar tashkillashtirildi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining ma’lum qilishicha forumda mamlakatimiz vakillari ham qatnashishgan.
 
Tadbirda global miqyosda “Halol” savdosini rivojlantirish, uning ta’minot zanjiri, tizimni qo‘llab-quvvatlash, standartlashtirish va texnik tartibga solish, muvofiqlikni baholash, logistikaning “Halol” talablariga javob berishi kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
 
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining yillik faoliyati sarhisob qilindi
 
Savdo-sanoat palatasida 21 iyun kuni tuzilmaning yillik faoliyat natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida o‘tgan tadbirda quyidagi ma’lumotlar taqdim etildi:
 
Tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini huquqini himoya qilish yo‘nalishida
 
Palata ijro qo‘mitasi va hududiy tuzilmalari tomonidan tashkilotga a’zo ishbilarmonlar manfaatini ko‘zlab jami 46 ming 63 da’vo arizasi kiritildi. Shundan 40 ming 788 tasi qanoatlantirilgan. Birgina joriy yilning 5 oyi davomida bu ko‘rsatkich 18 ming 839 tani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12% ga ko‘p.
 
Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirish va eksportga ko‘maklashish yo‘nalishida
 
Chet el kapitali ishtirokida 72 qo‘shma korxona tashkil etishda yordam ko‘rsatildi. 322 korxona uchun mini-texnologiyalar va uskunalar topish, xarid qilishda amaliy ko‘mak berildi. 208 ta mahalliy tadbirkorlik subyektlariga jami 58,8 mln. AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlarini xorijiy davlatlarga eksport qilishga yordam berildi. 52 ta xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda SSP a’zolarining ishtiroki ta’minlandi. O‘zbekistonda 39 ta, xorijda esa 13 ta biznes-forum o‘tkazildi, (Shundan 4 ming 175 tasi mahalliy, 1 ming 523 tasi xorijiy kompaniyalar ishtirokida).
 
Statistik ma’lumotlarning to‘liq shakli bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: www.chamber.uz
 

Savdo-sanoat palatasi ma’lumotlari asosida Ulug‘bek Shonazarov tayorladi. O‘zA

Поделиться