O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

37 milliard so‘mlik va 7 million dollarlik noqonuniy va samarasiz xarajatlar aniqlandi

2018-06-29 | Iqtisodiyot

Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisidaO‘zbekiston Respublikasi Hisob platasining 2017 yildagifaoliyatigi oid hisoboti ko‘rib chiqildi. 

Ushbu masala yuzasidan Hisob palatasi raisining o‘rinbosari Olimjon Rustamov ma’ruza qildi. 

Qayd etilganidek, 2017 yilda Hisob palatasi tomonidan 70ga yaqin tahliliy o‘rganish va nazorat tadbiri tashkil etilib, uning 49 tasi bevosita joylarda, qolgani vazirlik va idoralarda o‘tkazilgan. 

2018 yil Davlat byudjeti loyihasi va soliq-byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishda Hisob palatasi tomonidan takliflar tayyorlangan va Moliya vazirligiga taqdim etilgan. Ushbu takliflar asosida byudjet daromadlari prognozi 1,4 trln. so‘mga qayta hisob-kitob qilindi. 

Davlat byudjetining respublika va mahalliy darajadagi shakllanishi hamda uning ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatilib, davlat mablag‘larining qonuniy, maqsadli, samarali sarflanishi byudjetdan moliyalashtiriluvchi vazirlik va idoralar misolida o‘rganib chiqildi. 

Nazorat tadbirlari natijasida jami 37 mlrd. so‘mlik va 7 mln. dollarlik noqonuniy va samarasiz xarajatlar hamda 270 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha daromad manbalari aniqlandi. 

Senatorlar davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish, byudjet daromadlari manbalaridan to‘liq foydalanish, joylardagi sektorlar rahbarlarining ish faoliyatiga baho berish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar. 

Prezident qarorlari va farmoyishlaridagi topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligini qayd etildi. 

Muhokama yakuni bo‘yicha Senatning tegishli qarori qabul qilindi. 

 

Norgul Abduraimova, O‘zA
 

Поделиться