O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Fuqarolar uchun byudjet – 2018”

2018-06-22 | Iqtisodiyot

“Poytaxt” biznes markazida “Fuqarolar uchun byudjet – 2018” nashri loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Bank-moliya akademiyasi mutaxassislari, Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
 
Mazkur nashr byudjet siyosati maqsadlari va ustuvorliklarini yaxshiroq tushunishga qaratilgan bo‘lib, fuqarolarni byudjetni muhokama qilish va uning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish jarayoniga jalb qilishga yordam beradi.
 
– Har yili chop etishga mo‘ljallangan “Fuqarolar uchun byudjet” nashri Moliya vazirligi va aholi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaydi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari A.Haydarov. – Yangi nashrda asosiy e’tibor fuqarolarni byudjet tizimi, 2018 yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini shakllantirish va ularning parametrlari haqida keng xabardor qilishga qaratilgan. Hozirda Moliya vazirligi tomonidan davlat moliyasini boshqarish sohasida ochiqlik va oshkoralikni yanada oshirish bo‘yicha bir qator ishlar bajarilmoqda. Xususan, mamlakat va mintaqani qamrab oluvchi yangi – “Ochiq byudjet” axborot portalini tashkil etishni rejalashtirdik. Bu orqali aholi mamlakatimiz moliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida yanada qulay va kengroq axborotlarga ega bo‘lishi mumkin.
 
Muhokamada mutaxassislar tomonidan byudjet masalalariga oid ma’ruzalar o‘qildi, taqdimotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar “Fuqarolar uchun byudjet – 2018” nashri loyihasi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
 

Abdulaziz Musayev, O‘zA

Поделиться