O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Aprel oyida “O‘zmetkombinat” AJ 94,5 ming tonna miqdorida qora metallar prokatini ishlab chiqardi va rekord natijasiga erishdi
2018-06-26 | Iqtisodiyot
2018 yil aprel oyida tarixda birinchi marta 94,5 ming tonna miqdorida qora metallar prokati mahsulotini, shu jumladan 27,7 ming tonna po‘lat soqqalar ishlab chiqarish bo‘yicha rekord ko‘rsatkich o‘rnatildi.
“O‘zmetkombinat” AJ respublikamizning eng yirik korxonalaridan biri bo‘lib, mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shmoqda. Bugun xalq xo‘jaligining barcha sohalarida kombinatda ishlab chiqarilayotgan metall prokati mahsulotlaridan foydalanilmoqda.
Shuni qayd etish lozimki, “O‘zmetkombinat” AJ da 2018 yil yanvar-aprel yakunlari bo‘yicha 336,9 ming tonna prokat mahsulotlari ishlab chiqarildi.