O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Osiyo taraqqiyot banki va “O‘zbekenergo”AJ o‘rtasida jami 1 milliard 70ming dollarlik investitsiyalar rejalashtirilmoqda

2018-06-25 | Iqtisodiyot

Ayni vaqtda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Elektr energetika sohasidagi islohotlar va uning istiqbollari – orttirilgan tajriba, xulosalar va rad etilgan afsonalar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada “O‘zbekenergo” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov bu haqda ma’lum qildi.

Uta’kidlaganidek, kelgusida yana 1 milliarddollarga teng loyihalar OTB tomonidan moliyalishtirish rejalashtirilgan.
 
Osiyo taraqqiyot banki hamda “O‘zbekenergo” AJ hamkorligida ilk bor o‘tkazilayotgan xalqaro anjumanda Markaziy Osiyo va Afg‘onistonning davlat elektr energiya xoldinglari va korporatsiyalar rahbarlari, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mutaxassislari, global konsalting kompaniya vakillari ishtirok etmoqda.
 
Anjumanning ochilishida O‘zbekiston Respubilkasi Bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonov, “O‘zbekenergo” AJ boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyev, Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasirahbari Takeo Konishi , Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruv direktori Natasha Xanjenkova va boshqalar so‘zga chiqdi.
 
Energetika sohasiga bag‘ishlanganxalqaro konferensiya davom etmoqda.
 

Malohat Husanova, O‘zA

Поделиться