O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiya

Surxondaryoda quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tanlov loyihasi boshlandi

04.02.2020Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida fotoelektr (quyosh) stansiyasini qurish bo‘yicha birinchi pilot loyihasi boshlanganini e’lon qildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Cotton Campaign koalitsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

04.02.2020Iqtisodiyot

Joriy yilning 3-fevral kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Germaniya va Avstriyaning kompaniyalari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

04.02.2020Iqtisodiyot

Toshkent shahrida Germaniya va Avstriyaning yirik kompaniyalari delegatsiyasi bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

«Xinjiang Hualing Industry & Trade (Group) co., ltd» kompaniyasining rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

04.02.2020Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Xitoyning «Xinjiang Hualing Industry & Trade (Group) co., ltd» kompaniyasi rahbariyati M.Enxua bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida buyuk britaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

03.02.2020Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi T. Torlou bilan uchrashuv bo‘lib o‘tib, unda ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

"O‘zbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi Qashqadaryo viloyatida GTL investitsiya loyihasi amalga oshirilishining borishi bilan tanishdi

03.02.2020Iqtisodiyot

2020 yil 1 fevral kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi - M.R. Abdullayev rahbarligida “Sho‘rtan gaz kimyo kompleksining tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish” investitsiya loyihasining qurilish maydonida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Transport sohasidagi holat tanqidiy tahlil qilindi

28.01.2020Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni transport tizimini samarali tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Hindiston Moliya vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv

28.01.2020Iqtisodiyot

2020-yilning 27-yanvar kuni O‘zbekiston Elchisi Farhod Arziyev Dehli shahrida Hindiston Moliya vaziri o‘rinbosari Kalyanaraman Rajaraman bilan uchrashdi.

Toshkent xalqaro investisiya forumi yuqori saviyada o‘tadi

27.01.2020Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni Toshkent xalqaro investisiya forumini yuqori saviyada tashkil etish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

O‘zbekiston delegatsiyasining XXRga tashrifi to‘g‘risida

27.01.2020Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining tegishli boshqarmalari, “Uzavtosanoat” AJ, “O‘zbekiston temir yullari” AJ, “O‘ztemiryo‘lekspeditsiya” davlat unitar korxonasi rahbarlaridan iborat Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari F.Raximov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining vazirlik va idoralari bilan investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustaxkamlash hamda transport va logistika sohalaridagi ikki tomonlama o‘zaro say’i-xarakatlar istiqbollari muxokamasiga bag‘ishlangan bir qator uchrashuv va muzokaralarni o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi

25.01.2020Siyosat

«Gazprombank» AJ, «Roseksimbank» AJ, EKSAR va O‘zbekiston Tiklanish va Taraqqiyot Jamg‘armasi vakillari GTL qurilish maydoniga tashrif buyurdilar

24.01.2020Iqtisodiyot

2020-yil 22-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi vakillari va loyihaning Rossiyalik kreditorlari delegatsiyasi O‘zbekistondagi GTL zavodining qurilish maydoniga tashrif buyurdi. Ushbu delegatsiya loyihaning asosiy hamkorlaridan bo‘lgan «Gazprombank» AJ, «Roseksimbank» AJ, Eksport kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha Rossiya Agentligi («EKSAR» AJ), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va Taraqqiyot Jamg‘armasi vakillaridan iborat bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etadi

22.01.2020Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni soat 11:00 da Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etadi.

«Yonse» Universiteti va Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash fondining vakillari bilan uchrashuv

22.01.2020Sog‘liqni saqlash

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida «Yonse» universiteti (Janubiy Koreya) va Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

MUBADALA va MASDAR amirlik kompaniyalari bilan loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvlar imzolandi

20.01.2020Iqtisodiyot

Dunyodagi eng yirik Mubadala investitsiya xoldingi (BAA) va uning bo‘linmasi bo‘lgan Masdar kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasining energetika sektoriga investitsiyalar kiritmoqda.

Eksport, investitsiya va mahalliylashtirishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

15.01.2020Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 yanvar kuni eksport, investitsiya va mahalliylashtirishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Elektr energetikasi tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha 2020-yil uchun vazifalar muhokama qilindi

13.01.2020Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-yanvar kuni elektr energetikasi sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha joriy yilga asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.