O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
"O‘zbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi Qashqadaryo viloyatida GTL investitsiya loyihasi amalga oshirilishining borishi bilan tanishdi
2020-02-03 | Iqtisodiyot
2020 yil 1 fevral kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi - M.R. Abdullayev rahbarligida “Sho‘rtan gaz kimyo kompleksining tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish” investitsiya loyihasining qurilish maydonida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” AJ, “Uzbekistan GTL” MChJning mas’ul rahbarlari, hamda bosh pudratchi - “Hyundai Engineering Ltd.” va “Enter Engineering Pte. Ltd.” konsortsiumi, loyihaning boshqaruvi bo‘yicha maslahatchisi - TechnipFMS kompaniyasining direktsiya rahbarlari, shuningdek mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar.
Sayyor yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi - M.R. Abdullayev asosiy texnologik qurilmalarning, shu jumladan GTL zavodining Markaziy boshqaruv pulti qurilishi bilan batafsil tanishdi.
Yig‘ilish so‘ngida, mutaxassis, asbob-uskuna va resurslarni maksimal darajada jalb etgan holda qurilish-montaj ishlarining jadal ijrosini ta’minlash, shuningdek, zavod qurilishini o‘z vaqtida tugallashini va joriy yilda ishga tushurilishini ta’minlashga qaratilgan boshqa bir qator ko‘rsatmalar berildi.