O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasining XXRga tashrifi to‘g‘risida

2020-01-27 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining tegishli boshqarmalari, “Uzavtosanoat” AJ, “O‘zbekiston temir yullari” AJ, “O‘ztemiryo‘lekspeditsiya” davlat unitar korxonasi rahbarlaridan iborat Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari F.Raximov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining vazirlik va idoralari bilan investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustaxkamlash hamda transport va logistika sohalaridagi ikki tomonlama o‘zaro say’i-xarakatlar istiqbollari muxokamasiga bag‘ishlangan bir qator uchrashuv va muzokaralarni o‘tkazdi.

Tashrif doirasida Szyansu, Xenan, Shensi, Gansu provintsiyalari va xalqaro yuk tashuvlarida hal qiluvchi rol o‘ynaydigan  Lyanyungan dengiz porti rahbariyati bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiya, shuningdek, yuk oqimlarini jamlab, ularni Xitoyning dengiz portlarigacha tranzitini ta’minlash uchun  avtomobil transportidan temir yo‘l transportiga yuklash ishlari amalga oshiriladigan muhim transport uzeli Sintszyan - O‘yg‘ur avtonom hududining markazi Qashqar shahriga tashrif buyurdi.

Muzokaralar davomida Xitoy va O‘zbekiston temir yo‘llarining tarif siyosati, blok poyezdlarni shakillantirish, multimodal transport koridori bo‘ylab konteyner tashuvlarni tartibga solish bilan bog‘liq kompleks masalalar ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor temir yo‘l konteyner tashuvlarini avtomobil transportida yuk tashuvlar bilan o‘yg‘unlashtirish, “Qashqar”, “Lanchjou” va “Sian” logistika markazlarini o‘tkazish quvvatlarini oshirish masalalariga qaratildi. Bu esa mamlakatimizni Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo hajmlarini oshirish uchun muhim zamin yaratadi.

Uchrashuvlar davomida transport xarajatlarini optimallashtirish va tranzit yuklarni qayta ishlash vaqtini qisqartirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Mazkur masalalarni hal qilinishi Markaziy Osiyo mamlakatlari va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari o‘rtasidagi savdo aylanmasini tez sur’atlar bilan o‘sishi uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi.

Tashrif yakuni bo‘yicha xitoylik sheriklar bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari va shakli bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Xalqaro yuk tashish sohasida, multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha bir qator shartnoma va bitimlar imzolandi, shu jumladan tarif imtiyozlari qo‘llash va ushbu sohada qulay shart-sharoitlarni yaratish hisobiga.

Поделиться