O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hindiston Moliya vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv
2020-01-28 | Iqtisodiyot
2020-yilning 27-yanvar kuni O‘zbekiston Elchisi Farhod Arziyev Dehli shahrida Hindiston Moliya vaziri o‘rinbosari Kalyanaraman Rajaraman bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada faollashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Muzokaralar chog‘ida investitsion hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash bo‘yicha birgalikda ishlash, xususan yaqin orada ikki mamlakat tegishli vazirlik va idoralari vakillarining qator uchrashuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.