O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida buyuk britaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2020-02-03 | Iqtisodiyot
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi T. Torlou bilan uchrashuv bo‘lib o‘tib, unda ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Elchi britaniyalik ishbilarmon doiralarining O‘zbekiston bilan ishlashga qiziqishi yuqori ekanligini ta’kidladi. Buni Buyuk Britaniya kapitali ishtirokida yangi tashkil etilayotgan qo‘shma korxonalar sonining oshib borishi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining munosabatlari faollashib borayotgani isbotlamoqda.
Joriy yilnigg may oyida London shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashining 25-chi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari ko‘tarildi. Forum doirasida Buyuk Britaniya va O‘zbekistonning etakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida qator ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazilishi, shu jumladan: "Ishbilarmonlikni rivojlantirish imkoniyatlari" mavzusida davra suhbati, «B2B» i «G2B» formatidagi kooperatsiya birjasi hamda neft va gaz, kimyo va neftkimyo, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bank sektori, xususiylashtirish va qimmatli qog‘ozlar aylanmasi sohalari kabi O‘zbekistonning ayrim tarmoqlari va sektorlarining investitsion imkoniyatlarini batafsil ochib beruvchi tematik sessiyalarni o‘tkazilishi rejalashtirimoqda.
Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Buyuk Britaniya kompaniyalari vakillari shtirokida biznes-klubni tashkil etishga kelishib oldilar.
Biznes-klubning birinchi yig‘ilishi 2020-yil mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirildi.