O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
«Xinjiang Hualing Industry & Trade (Group) co., ltd» kompaniyasining rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2020-02-04 | Iqtisodiyot
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Xitoyning «Xinjiang Hualing Industry & Trade (Group) co., ltd» kompaniyasi rahbariyati M.Enxua bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xitoy tomoniga O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya muhitining afzalliklari va O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning dinamikasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Potentsial sarmoyadorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish orqali ta’lim, konchilik, tijorat uylarini qurish, qurilish materiallari ishlab chiqarish va IT-sektoridagi qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar. «Nurafshon-siti»da tijorat ob'yektlarini qurish imkoniyati alohida muhokama qilindi - kompaniya rahbariyati xususiy maktab, turar-joy komplekslari, mehmonxona va ko‘rgazma majmuasini yaratish istiqbollarini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, mintaqalarda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi - xususan, Toshkent viloyatida chorvachilik kompleksini tashkil etish hamda Navoiy va Samarqand viloyatlarida marmar va granit ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Ma’lumot: Xinjiang Hualing Industry & Trade (Group) Co., Ltd. 1988-yilda tashkil etilgan bo‘lib, investitsiya, konsalting, ko‘chmas mulk, tashqi savdo, chorvachilik, logistika, moliya, ta’lim va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi 20 dan ortiq korxonalarni birlashtiradi.