O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Cotton Campaign koalitsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-02-04 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 3-fevral kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro koalitsiya delegatsiyasi tarkibiga "Mas’uliyatli xaridlar tarmog‘i" nodavlat inson huquqlari tashkilotlari, Human Rights Watch,, "Birdamlik markazi", "O‘zbek-German forumi" va "Markaziy Osiyoda mehnat huquqlari bo‘yicha monitoring missiyasi" vakillari kirdi.

Tomonlar O‘zbekiston hukumati tomonidan tizimli majburiy mehnatga barham berish borasida erishilgan yutuqlarni hamda xalqaro nohukumat va inson huquqlari tashkilotlari bilan bu boradagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘llarini atroflicha muhokama qildilar. Odamlar savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" ni amalga oshirish, fuqarolarni ushbu sohada huquqiy himoya qilish tizimini optimallashtirish masalalari alohida ko‘rib chiqildi. Koalitsiya va vazirlikning umumiy pozitsiyasi mehnat huquqbuzarliklarini oldini olishning barqaror va samarali mexanizmlarini shakllantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish zaruriyatidan iboratdir.

2019-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tgan oxirgi yig‘ilishdan buyon erishilgan kelishuvlarni to‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadida vazir boshchiligida Bosh prokuratura, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi va boshqa idoralar rahbarlari ishtirokida Idoralararo ishchi guruhi tuzilib, faol ish olib borilayotganligi - idoralararo hamkorlikni amalga oshirish mexanizmlari va amaliy qadamlarini aniqlash bo‘yicha 2019-yil dekabr oyida birinchi yig‘ilish o‘tkazilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Shular bilan bir qatorda, paxta terishda mexanizatsiyalash darajasini oshirish orqali qo‘l mehnatiga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etish bo‘yicha davlat tomonidan ishlab chiqilgan va 2020-2022-yillarda Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ishga tushishi ko‘zda tutuvchi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning muhimligi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida vazirlik va koalitsiya o‘rtasida kelgusida ushbu turdagi qonunbuzarliklarning ayrim holatlarini kamaytirish va oldini olish hamda keng jamoatchilik, shuningdek, xalqaro va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yaqin hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Поделиться