O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oliy ta'lim sifatini oshirish-davr talabi
2018-01-24 | Ta’lim
Har jihatdan bilimli, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan, salohiyatli kadrlarni tayorlash bugungi davr talabi sanaladi. Buxoroda ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini, kadrlar tayorlash tizimini ko‘zdan kechirish hamda semestr oldidan professor o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlash maqsadida viloyat hokimi O‘.Barnoyev, viloyat prokurori, ichki ishlar boshqarmasi vakillari ishtirokida ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda so‘zga chiqqanlar Abu Ali ibn Sino, Al-Buxoriy kabi ilm peshvolariga beshik sanalgan Buxoroda talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, kasbiga bo‘lgan mas’uliyatini shakllantirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishda avvalo tizimdagi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish lozimligini alohida ta’kidladilar.
Bunday uchrashuvlar viloyatda ta’lim tizimini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.