O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
600 nafar talaba kontrakt pulini to‘lolmagani uchun o‘qishni tashlashga majbur bo‘lgan
2018-01-18 | Ta’lim
Har yili mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan talabalarning ma’lum qismi turli sabablarga ko‘ra o‘qishdan chetlashtiriladi yoki o‘qishni tashlashga majbur bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytida bu boradagi raqamlar e’lon qilindi.
2016- yilning 1- noyabridan 2017- yilning 1- noyabriga qadar bakalavr bosqichi talabalarining 8 ming 582 nafari oliy ta’lim muassasasidan ketgan. Ulardan 2 ming 25 nafari o‘zlashtirolmaganligi sababli, 410 nafari kasalligi tufayli, 600 nafari kontrakt to‘lovini to‘lolmagani uchun, 2 ming 980 nafari o‘qishni boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirganligi bois hamda 2 ming 567 nafari boshqa sabablarga ko‘ra o‘qishdan ketgan.