O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand davlat chet tillar institutida Chelyabinsk davlat madaniyat instituti ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazildi

2018-01-25 | Ta’lim

Samarqand davlat chet tillar instituti va Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk davlat madaniyat instituti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan 22-23 yanvar kunlari Chelyabinsk davlat madaniyat instituti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i pedagogika fanlari doktori professor Safaraliyev Bozor Safaraliyevich, xorijiy tillar kafedrasi mudiri dotsent Digina Olga Leonidovna va “Axborot Jamiyati” ilmiy-o‘quv markazi direktori, dotsent Gushul Yuliya Vladimirovnalar institutiga tashrif buyurdi hamda ular ishtirokida seminar-treninglar tashkil etildi.

Mehmonlar institut rektori I. Tuxtasinov bilan rasmiy uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilm-fan, madaniyat, ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, hamkorlikda qo‘shma anjumanlar tashkil etish, ilmiy maqolalar va o‘quv adabiyotlar chop etish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Xorijlik mutaxassislar ishtirokida 22-23 yanvar kunlari davomida institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari va axborot resurs markazi xodimlari uchun “Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy metodlar va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish”, “Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tajribasi” “Rossiya oliy ta’lim muassasalarining ilmiy jurnallarida ilmiy maqolalarni chop etishga qo‘yiladigan talablar” “Axborot madaniyati”, “O‘quv va ilmiy manbalardan foydalanish” kabi mavzularda seminar-treninglar tashkil etildi. Seminar-treninglar har tomonlama foydali, samarali va qiziqarli bo‘lganligi ishtirokchilar tomonidan e’tirof etildi.

Seminar-treninglarda faol ishtirok etgan qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, xorijiy mutaxassislarga institut rektori tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.

Поделиться