O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonda 189 ming 809 nafar talaba “uchlik” stipendiya oladi
2018-01-18 | Ta’lim
Oliy o‘quv yurtlari talabalari qishki sessiya arafasida turibdi. Sinov jarayonlari, imtihonlar natijalari talabalar uchun qanchalik muhim ekanini ularning o‘zidan ko‘ra yaxshiroq anglaydigan odam bo‘lmasa kerak. Chunki reyting ballariga qarab stipendiya beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi rasmiy saytida mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida stipendiya oluvchi talabalarning reyting ballari bo‘yicha taqsimoti ma’lum qilindi.
Oliy ta’lim muassasalaridagi jami stipendiya oluvchilarning 18 ming 972 nafari maksimal reyting baliga ega bo‘lgan talabalar (86-100 %), 65 ming 123 nafari yuqori reyting baliga ega bo‘lgan talabalar (71-85 %), 189 ming 809 nafari o‘rta reyting baliga ega bo‘lgan talabalar (55-70 %)dir.