O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fanlar olimpiadasi – iqtidorlar uchun imkoniyat

2018-01-10 | Ta’lim

Maktab o‘quvchilarining bilim darajasini aniqlash, umumta’lim fanlariga qiziqishini yanada oshirish va ularni rag‘batlantirish maqsadida har yili yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda fan olimpiadasi o‘tkazib kelinmoqda.

2017 yilning noyabr-dekabr oylarida 19 ta fan yo‘nalishlarida olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichi o‘tkazildi. Maktab bosqichida 560 ming nafardan ortiq 9-10-sinf o‘quvchilar ishtirok etishdi. Ayni kunlarda olimpiadaning tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda dastlabki saralashda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 160 ming nafardan ortiq o‘g‘il-qiz viloyat bosqich yo‘llanmasi uchun kuch sinashmoqda.

O‘quvchilarning o‘z bilim va imkoniyatlarini to‘laqonli namoyon etishi uchun olimpiada o‘tkazilayotgan umumta’lim maktablarining auditoriyalari talab darajasida jihozlanib, zarur sharoitlar yaratildi.

Xususan, poytaxtimizdagi 61-maktab mezbonlik qilayotgan Yashnobod tumani bosqichini oladigan bo‘lsak, o‘quv-laboratoriya xonalari hamda zarur jihozlarning shayligi o‘quvchilarga amaliy sinov jarayonida qulaylik yaratmoqda. Unda Yashnobod tumanidagi barcha maktablardan 700 nafarga yaqin o‘quvchilar o‘zaro bahs olib bormoqda.

Qatnashchilar olimpiadaning birinchi kunida yozma va og‘zaki shaklda javob bergan bo‘lsa, ikkinchi kuni test sinovidan o‘tishdi. Ularning ishini xolisona baholash, eng munosiblarini aniqlash uchun malakali, tajribali pedagoglardan tarkib topgan hakamlar hay’ati shakllantirildi. Sinovlar yuqori saviyada o‘tishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Hakamlar hay’ati va apellyatsiya komissiyasi shakllantirildi.

Fan olimpiadasining tuman bosqichida yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 1-, 2- hamda 3-o‘rin egalari keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Поделиться