O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar onlayn tarzda nostrifikatsiya qilinadi

2018-01-31 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan “Nostrifikatsiyalash uchun hujjatlarni onlayn topshirish” interaktiv xizmati ishga tushirildi.

Respublikamizda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida amalga oshiriladi.

Endilikda xorijiy oliy ta’lim muassasasini bitirganlik to‘g‘risida diplomni nostrifikatsiya qilish uchun buyurtmani onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin.

Avvallari xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalashda arizalar qo‘lda yozilib, hujjatlar bilan berilardi. Bu ovoragarchilik va uzoq vaqt talab etardi. Hozirgi onlayn-servis xorijiy diplomni nostrifikatsiyalashdan o‘tkazishda Davlat inspeksiyasiga tashrif buyurish sonini qisqartirish imkonini beradi.

Buyurtmanoma ko‘rib chiqilgach inspeksiya xodimlari talabgorni suhbatga yoki imtihonlarga taklif etadi.

Поделиться