O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ekologiya

Orol dengizining qurishidan atmosferaga ko‘tarilayotgan chang-to‘zonlarni to‘xtatish yo'li topildi

09.01.2018Ekologiya

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi doktoranti Mahmud Allamuratov va yana bir necha olim tomonidan sanoat chiqindilari asosida Orol dengizi hududidagi qum va tuproqni qotiruvchi polimer reagentlar ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy ishlar ijobiy samara berdi.

Orolni qutqarish mumkin…mi?

28.12.2017Ekologiya

Ko‘p yillardan buyon qishloq xo‘jaligi sohasida rahbar lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan davlat arbobi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professori Maqsud Ibragimovni xalqimiz Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanib kelayotgan olim sifatida yaxshi taniydi. 

Amudaryo–do‘stlik daryosi

01.12.2017Ekologiya

Xorazmda O‘zbekiston Ekologik harakati va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan “Xalqaro Amudaryo kuni” loyihasi doirasida tadbirlar o‘tkazildi.

Ekologiya muhofazasi: yangi islohotlar, samarali loyihalar amalda

25.11.2017Ekologiya

Xalqaro press-klub sessiyasida mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi muhokama qilindi. 

Atrof-muhit muhofazasi qonun himoyasida

14.11.2017Ekologiya

“Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lishga majburdirlar”.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 50-modda.

O‘zbekiston ekologik harakati Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamkorligida «Atrof tabiiy muhit muhofazasi masalalarida qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati» mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Ekologik ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish-muhim masala

13.10.2017Ekologiya

Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish O‘zbekiston Ekologik harakatining dasturiy vazifalaridandir. 

Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuniga bag‘ishlab davra suhbati tashkil etildi

16.09.2017Ekologiya

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlari guruhi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi hamkorligida 16-sentabr – Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuniga bag‘ishlab davra suhbati tashkil etildi. 

Ozon qatlami va iqlim o‘zgarishlari ijodkorlar nigohida

12.09.2017Ekologiya

Ozon qatlami – yer yuzasini quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi, zaminimizda hayot mavjudligini ta’minlovchi noyob gaz qatlamidir.

Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar diqqatiga!

10.09.2017Ekologiya

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 2017-yilning 30-sentabrigacha 2018-yil uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot, me’yoriy-uslubiy ishlarni, tashkiliy va tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar Dasturini rejalashtirishni boshladi.

Bugun “Expo village”da “Eng yaxshi pavilyon”ni aniqlash marosimi bo‘lib o‘tdi

09.09.2017Iqtisodiyot

Ostona, 9-sentabr. O‘zA maxsus muxbiri Bekzod Hidoyatov xabar qiladi. 

Qozog‘istonda “Ostona EKSPO – 2017” xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazma nihoyasiga yetmoqda. “Expo village”da 9-sentabr kuni “Eng yaxshi pavilyon”ni aniqlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Ustuvor vazifalar belgilab olindi

03.09.2017Ekologiya

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Orol dardi-olam dardi

13.06.2017Ekologiya

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning mamlakatimizga tashrifi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida Orol dengizi va uning atrofidagi ekologik vaziyat bilan yaqindan tanishgani ushbu global muammoga xalqaro hamjamiyat e’tiborini yana bir karra qaratdi.

Tabiat bayrami – hayot bayrami

04.06.2017Ekologiya

Poytaxtimizning G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. 

Tabiatni birga asraylik

04.06.2017Ekologiya

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida 5-iyun – Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan «Men tabiat bilan birgaman» shiori ostida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi tog‘oldi hududlarni tozalash bo‘yicha ekologik aksiya o‘tkazildi. 

Davlat Ekologiya qo'mitasiga rais o'rinbosari, qo'mita tizimida faoliyat yuritayotgan bo'linmalarga esa rahbarlar tayinlandi

31.05.2017Ekologiya

Joriy yilning 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan, O‘ktam Choriyevich O‘tayev O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Suv resurslaridan oqilona foydalanish – davr talabi

21.04.2017Ekologiya

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi hamkorligida “Suv resurslari nazoratini yaxshilash borasidagi tashabbuslar” mavzuida seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Ekologik harakatining 2016-yilgi faoliyati tahlil qilindi

21.04.2017Jamiyat

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.