O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tabiatni birga asraylik

2017-06-04 | Ekologiya

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida 5-iyun – Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan «Men tabiat bilan birgaman» shiori ostida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi tog‘oldi hududlarni tozalash bo‘yicha ekologik aksiya o‘tkazildi. 

«Ekohaftalik – 2017» doirasida tashkil etilgan aksiyada tog‘oldi hududlarini maishiy chiqindilardan tozalash ishlari amalga oshirildi. 

Mamlakatimizda barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan atrof-muhitni muhofazalash va ekologik muvozanatni ta’minlashning mustahkam huquqiy asosi yaratilgan. Jamiyatda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatni muhofazalashda jamoatchilikning faolligini oshirish, ekologik ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmoni va “2017-2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirmoqda. 

Ekologik muammolarning oldini olishda aholining ekologik bilim va dunyoqarashini boyitish, bu boradagi milliy qadriyatlarimizni yoshlar ongiga chuqur singdirish, ekologik targ‘ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega. Ekoaksiyalarning o‘tkazilayotgani o‘ziga xos samaralar berayotir. 

– Bo‘stonliq tumani hududi Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i tizimiga kiradi, – deydi BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi vakolatxonasi loyiha menejeri Abror Xo‘jayev. – Sayyohlik mavsumining ochilishi bog‘ning ekotizimi uchun jiddiy sinov hisoblanadi. Dam olish joylarida tashlab ketilgan polietilen xaltalar va idishlar, oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlari ekologik muhitga xavf solmoqda. 

Hudud tozalangandan so‘ng joylarda «Atrof-muhitni toza saqlang», «Tabiatimiz uchun o‘zimiz javobgarmiz», «Yosh avlodga o‘rnak bo‘laylik» kabi iboralar yozilgan belgilar o‘rnatildi. 

 
Nurillo Nasriyev, Muhammad Amin (surat), O‘zA 

Поделиться