O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bugun “Expo village”da “Eng yaxshi pavilyon”ni aniqlash marosimi bo‘lib o‘tdi

2017-09-09 | Iqtisodiyot

Ostona, 9-sentabr. O‘zA maxsus muxbiri Bekzod Hidoyatov xabar qiladi. 

Qozog‘istonda “Ostona EKSPO – 2017” xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazma nihoyasiga yetmoqda. “Expo village”da 9-sentabr kuni “Eng yaxshi pavilyon”ni aniqlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

“EKSPO – 2017” iyun oyida boshlangan, sentabrda yakunlanadi. Rasmiy emblemasida suv, qo‘yosh, shamol aks ettirilgan. “Kelajak energiyasi” mavzusidagi ko‘rgazma sayyoramizga katta ta’sir ko‘rsatayotgan energiya iste’moli muammosi jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgani hamda uni bartaraf etishni o‘zida aks ettiradi. 

Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Vetnam, Armaniston, Pokiston, Ozarbayjon, Belarus, Kuba, Turkmaniston, Ruminiya, Braziliya, Gruziya singari 120 dan ziyod davlat o‘zining texnologik, ilmiy, madaniy yutuqlarini namoyish etmoqda. Shuningdek, 20 dan ortiq xalqaro tashkilot qatnashayotir. 

Marosimda jahon ko‘rgazmasida ishtirok etayotgan mamlakatlar ikki toifa bo‘yicha aniqlandi. Ko‘rgazmaning maqsadi, mazmun-mohiyati va g‘oyasini o‘zida to‘liq aks ettirgani, pavilyon dizayni mavzuga mos bezatilgani hamda ishtirokchi va mehmonlar e’tiborini o‘ziga ko‘proq jalb qilgani uchun 20 dan ziyod mamlakat stendlari o‘rin olgan pavilyon “Astana EKSPO – 2017” xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmada “Eng yaxshi pavilyon”, deb topildi. Ular maxsus statuetka hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

Ko‘rgazmaning yopilish marosimi 10-sentabr kuni o‘tkaziladi. 

Поделиться