O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Suv resurslaridan oqilona foydalanish – davr talabi

2017-04-21 | Ekologiya

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi hamkorligida “Suv resurslari nazoratini yaxshilash borasidagi tashabbuslar” mavzuida seminar tashkil etildi.

Unda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi, Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi, AQSHning Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) singari tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mintaqa davlatlariga atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror taraqqiyot masalalarida ko‘maklashuvchi Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi notijorat va nosiyosiy xalqaro tashkilot hisoblanib, unga 1998-yilda Daniyaning Orxus shahrida bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi umumyevropa konferensiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Yevropa Ittifoqi va BMTning Taraqqiyot dasturi ta’sischiligida asos solingan.

Tadbirda ishtirokchilarga mazkur markaz va uning yurtimizdagi vakolatxonasi faoliyati haqida ma’lumot berildi. Binobarin, vakolatxona atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologiya sohasida mintaqaviy, milliy loyihalarni amalga oshirish barobarida, davlat organlari, jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. O‘n besh yildan ortiq vaqt mobaynida tashkilot tomonidan 48 million yevroga teng 230 dan ziyod loyihalar ro‘yobga chiqarilgani ana shundan dalolat beradi.

Ayni paytda markaz ishtirokida “Markaziy Osiyoda suv, ta’lim va hamkorlik”, “Markaziy Osiyoda suv hamkorligi”, “O‘zbekistonda barqaror suv va ekologik rivojlanish uchun hamkorlik va xabardorlikni oshirish. Komponent 3”, “Iqlim o‘zgarishining Amudaryo havzasidagi yer usti suvlari sifatiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish” loyihalari amalga oshirilmoqda. Ularda suv xo‘jaligida kadrlar tayyorlash tizimini yaxshilash, manfaatdor tuzilmalar o‘rtasida kasbiy munosabatlarni o‘rnatish, obihayot resurslarini nazorat qilish, atrof-muhit muhofazasiga jamoatchilik e’tiborini qaratish kabi ko‘plab vazifalar qamrab olingan.

Поделиться